1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gaz va elektr narxlari oshishi 1-mayga qoldirildi

Bu qaror tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Gaz va elektr narxlari oshishi 1-mayga qoldirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirishni bir oyga kechiktirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shu sababli, narxlarning oshishi avval rejalashtirilgan 1-apreldan emas, balki 1-maydan amalga oshiriladi.

 

O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidayatovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan. Prezident, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha hukumatga ko‘rsatmalar bergan.

 

1-maydan boshlab, elektr energiyasi uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) 450 so‘mdan 600 so‘mga, tabiiy gaz narxi esa 650 so‘mdan 1000 so‘mga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu jarayon 2024-yil 16-apreldagi hukumat qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика