Dunyoda tabiiy gaz zaxirasi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Rossiya dunyoda eng ko‘p gaz zaxirasiga ega davlat bo‘lib qolmoqda.
Rossiyada OPEK ma’lumotiga ko‘ra, 50 trln metr kubga yaqin gaz zaxirasi mavjud. British Petrolium esa qariyb 40 trln kub metr miqdorida baholagan. Hozircha Rossiya aniqlangan gaz zaxirasi qiymati 17 trln dollardan oshadi.
Eron ikkinchi gaz zaxirasiga ega mamlakat bo‘lib qolmoqda. Ushbu mamlakatga 12,5 trln dollarga arziydigan 33 trln metr kublik zaxira mavjud. AQSH, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston kabi mamlakatlar ham kuchli o‘nlikdan joy egallashgan.
O‘zbekiston ham mazkur ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lgan. Mamlakatning gaz zaxiralari 1,8 trln metr kubni tashkil etadi, uning qiymati 666 mlrd dollar miqdorida baholanadi. OPEK ro‘yxatida O‘zbekiston 22-pog‘onani egallagan.


