1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib kelindi

Yuk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan yetkazilgan.

G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib kelindi

 

24 ta yuk mashinasi Rafah nazorat punkti orqali G‘azo sektoriga kirdi. Ular Qizil yarim oy jamiyatining Misr bo‘limidan insonparvarlik yordamini olib kelishgan.

 

Yuk mashinalarida asosan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, suv, chodirlar va shaxsiy gigiyena vositalari mavjud. Oxirgi ikki hafta ichida gumanitar yordam olib ketayotgan yuzga yaqin yuk mashinasi Rafah orqali anklavga kirib kelgan. Biroq, bu yetarli emas.

 

Ayni paytda Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotini kengaytirmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa armiyasining rasmiy vakili maʼlum qildi. Hozir G‘azo sektori bilan chegaraga katta miqdordagi harbiy texnikani kiritilmoqda va barcha OAV vakillaridan anklavning shimoliy hududlarini tark etish so‘ralgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика