Isroil armiyasi Gʻazo sektori shimolida yana bir yuqori martabali zobit halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Armiya bayonotida aytilishicha, 36 yoshli isroillik mayor Isxar Xoffman Gʻazo shimolidagi to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo‘lgan.
Gʻazo sektoriga hujumlar boshlangan 2023 yil 7 oktyabrdan beri o‘ldirilgan isroil harbiylari soni 561 nafarga yetdi, ularning 224 nafari quruqlik hujumi paytida halok bo‘lgan.


