1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azoda 7-oktabrdan beri 34 nafar jurnalist halok bo‘ldi

Isroilning Nusayrat qochqinlar lageridagi uyga hujumi natijasida “Al-Jazira” muxbiri oilasi bilan (rafiqasi, o‘g‘li va qizi) halok bo‘ldi.

G‘azoda 7-oktabrdan beri 34 nafar jurnalist halok bo‘ldi

 

7-oktabrdan beri Isroilning kuchli bombardimonlari va blokadadagi G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 34 jurnalist halok bo‘ldi

 

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi, 23 kundan beri Isroilning shiddatli hujumiga uchragan G‘azo sektorida halok bo‘lgan jurnalistlar ismlarini eʼlon qildi. 

 

Bu hisobotga ko‘ra, shu kungacha 34 nafar falastinlik, jumladan 3 ayol jurnalist hujumlarda halok bo‘lgan, ko‘plab jurnalistlar yaqinlaridan ayrilgan. 

 

26-oktabr kuni isroilliklarning Nusayrat qochqinlar lageridagi uyga hujumi natijasida “Al-Jazira” muxbiri Voil al-Dahduh, uning rafiqasi, o‘g‘li va qizi halok bo‘ldi. 

 

Shuningdek, livanlik jurnalist Isroil — Livan chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar chog‘ida isroilliklar zarbasidan qurbon bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика