1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gʻazoda sanitariya sharoitlari yomonligi bilan bog‘liq infeksiyalar ko‘paymoqda

Bu haqda BMT ma’lum qildi.

Gʻazoda sanitariya sharoitlari yomonligi bilan bog‘liq infeksiyalar ko‘paymoqda

 

Gʻazo sektoridagi falastinliklar suvchechak, qo‘tir va diareya kabi yuqumli teri kasalliklaridan aziyat chekmoqda, deya ma’lum qildi BMT gumanitar idorasi.

 

"Odamlar tuzi 3000 mg/l dan ortiq bo‘lgan sho‘r suvni qishloq xo‘jaligi quduqlaridan iste’mol qilmoqda", — deyiladi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bayonotida.


BMT ekspertlari bunday suv ichish vabo xavfini yanada oshirishi haqida ogohlantirmoqda.


"Agar suv va kanalizatsiya inshootlari ishni davom ettirish uchun elektr yoki yoqilg‘i bilan ta’minlanmasa, bunday kasalliklarga chalinganlar soni ko‘payadi", — deya ishonch bildirmoqda mutaxassislar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика