Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati (PRCS) o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida Isroil tomonidan Xon Yunisning o‘qqa tutilishi “Al-Amal” tibbiyot markazi binosi va kasalxona atrofidagi hududga jiddiy zarar yetkazganini" aytdi.
Falastin anklavining markaziy qismida joylashgan Al-Mag‘ozi qochqinlar lageri ham artilleriyadan o‘qqa tutilgani xabar qilingan. PRCS qayd etganidek, Isroil armiyasining zarbasi natijasida kamida bir falastinlik yaralangan.
Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoridan Isroil hududiga Hamas jangarilari kirib kelganidan keyin keskin yomonlashdi. Isroil Falastin anklaviga, Livan va Suriyaning bir qismiga qarshi javob qaytara boshladi. 1 dekabr kuni Isroil armiyasi HAMASni 24 noyabrdan beri amalda bo‘lgan sulhni buzganlikda ayblab, G‘azo sektorida yana jangovar harakatlarga kirishayotganini eʼlon qildi.


