Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, Isroil mudofaa armiyasining Gaza sektoridagi Indoneziya kasalxonasiga tungi zarbasi natijasida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, kamida ikkita shifokor jarohat olgan va kasalxonaning ikkinchi qavati ham shikastlangan.
Avvalroq, telekanal guvohlarga tayanib, Isroil armiyasi G‘azodagi Indoneziya kasalxonasini o‘rab olgani va atrofni faol ravishda o‘qqa tutayotgani haqida xabar bergandi.


