Oxirgi haftalarda dunyoda bug‘doy narxi nazoratdan chiqib ketdi, shu sababli insoniyatga ochlik tahdid solmoqda, deb yozadi Germaniyaning Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashri.
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, jahonda bug‘doy yetkazib berishning 30% Rossiya va Ukraina hissasiga to‘g‘ri keladi va hozirda bu ikki davlat jahon bozoridan uzilib qolgan.
“Bug‘doy har qachongidan ham qimmatroq, ko‘plab mamlakatlarda ochlik inqirozi avj oldi”, — deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, eng yirik bug‘doy eksportchilari — YEI, Rossiya, AQSH, Kanada, Ukraina, Argentina, Avstraliya va Qozog‘iston zahiralarining kamayishi taʼminot inqirozini yana-da kuchaytiradi.
Ayni vaqtda bu mamlakatlarning zahiralari to‘qqiz yil ichida eng past darajada – 57 million tonna, bu dunyo uchun 27 kunga yetadi.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun oxirgi ikki yil ichida Yevropada fyuchers shartnomalari bo‘yicha bug‘doy birja narxlari deyarli ikki baravar, AQSHda esa 2,5 barobar oshgan.


