1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya Shimoliy Koreyaga qo‘shimcha sanksiya kiritmoqchi

Bunga Pxenyanning Rossiyaga askar yuborishi sabab ekani aytilmoqda.

Germaniya Shimoliy Koreyaga qo‘shimcha sanksiya kiritmoqchi

Berlin KXDRga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sebastyan Fisherga ko‘ra, agar Shimoliy Koreya askarlari Rossiya tomonidan Ukraina urushida qatnashgani to‘g‘risidagi maʼlumotlar tasdiqlansa, Germaniya hukumati o‘zaro aloqalarda qo‘shimcha sanksiyalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

 

TIV kotibining qo‘shimcha qilishicha, Berlinning pozitsiyasi avvalroq Germaniya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan KXDR maxsus vakiliga yetkazilgan.

 

"Biz uni Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy tajovuzini qo‘llab-quvvatlamaslikka va Rossiyaga tegishli yordamni to‘xtatishga qatʼiy chaqirdik", – deya qo‘shimcha qildi Fisher.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика