Frankfurt-Mayn sudi Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonovning manfaatlarini himoya qiluvchi Myunxen advokatlik ofisida o‘tkazilgan tintuvni noqonuniy deb topdi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, Die Zeit gazetasi xabar berdi.
Sud instansiyasiga ko‘ra, tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror asoslar mavjud bo‘lmagan holda qabul qilingan.
Maʼlumot uchun: 2022 yil kuzida Frankfurt-Mayn prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan, so‘ngra fevral oyida Usmonov manfaatlarini himoya qilgan Myunxendagi advokatlik ofisida tintuv o‘tkazgandi. Ular tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda gumon qilingan. Tergovchilar fikricha, advokatlar olgan 100 ming yevro avans to‘lovi Usmonov tomonidan Yevropadagi shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatilishi mumkin edi, bu esa qo‘llangan sanksiyalarni buzadi.
May oyida Frankfurt-Mayn sudi shahar prokuraturasi ruxsati bilan Usmonovning ko‘chmas mulklarida o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy harakat deb topdi.


