"90min" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Tuxelga mavsum oxirigacha Myunxen klubidagi faoliyatini terma jamoa bilan birlashtirishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Shundan so‘ng murabbiy milliy terma jamoani to‘liq boshqaradi va u bilan 2024-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, nomzodlar ro‘yxatida “Liverpul”dan Yurgen Klopp va ishsiz yurgan mutaxassis Yulian Nagelsmann ham bor.
Eslatib o‘tamiz, kecha Germaniya futbol assotsiatsiyasi Xans-Diter Flikni terma jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatgani ma’lum bo‘lgan edi.


