Germaniya va Kanada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etishga kelishib oldi. Bu haqda Germaniya federal kansleri Olaf Sholts Qrim platformasi sammitida aytib o‘tdi.
Xabar qilinishicha, yangi yordam paketi havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketa tizimlari, shuningdek, o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.
Xususan, Sholts Germaniya Ukrainaga iqtisodiy yordam ko'rsatishda davom etishini va keng ko'lamli urush tugaganidan keyin davlatni tiklashga ham ko'maklashishini ta'kidladi.


