1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Germaniyada ko‘mir elektr stansiyasi qayta ishga tushirildi

08:49 / 01.08.2022

949

Germaniyada ko‘mir elektr stansiyasi qayta ishga tushirildi

Germaniyada ko‘mir elektr stansiyasi qayta ishga tushirildi

Mamlakatda energiya taqchilligi tufayli ko‘mir va mazut elektr stansiyalari faoliyati qayta tiklanadi.

 

Shunga qaramay, Germaniya Federativ Respublikasi hukumati iqlim inqiroziga qarshi kurashga sodiqligini tasdiqlashda davom etmoqda

 

«Germaniyaning birinchi zaxira ko‘mir elektr stansiyasi tez orada qayta ishga tushiriladi. Gap Gannover va Braunshveyg o‘rtasidagi Quyi Saksoniya shtatining Xoenxameln shahrida joylashgan Merum (Kraftwerk Mehrum) issiqlik elektr stansiyasi haqida ketmoqda», — deb xabar qildi Bonn Federal tarmoq agentligi.

 

14-iyuldan boshlab Germaniyada zaxira energiya deb ataladigan ko‘mir va mazut elektr stansiyalarini qayta ishga tushirishga ruxsat berildi. Iyun oyida Germaniyada tabiiy gaz asosida elektr energiyasining 11,2 foizi ishlab chiqarilgan.

 

Germaniya hukumati qarori 2023 yil aprel oyi oxirigacha zaxiradagi qazilma yoqilg‘i elektr stansiyalaridan elektr energiyasini sotishga ruxsat beradi. Ularning vaqtincha qayta ishga tushirilishi elektr stansiyalari operatorlari uchun iqtisodiy manfaatdordir. Chunki hozirda elektr energiyasining ulgurji narxi yuqori. Ayni paytda jahon bozorida toshko‘mir yetarli.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика