1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada sodir bo‘lgan otishma chog‘ida kamida 6 kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumda gumonlanuvchining o‘lik holda topilgani haqida xabar berdi.

Germaniyada sodir bo‘lgan otishma chog‘ida kamida 6 kishi halok bo‘ldi

 

Germaniyaning Gamburg shahrida sodir bo‘lgan otishmada kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC agentligi maʼlum qildi.

 

Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, Alsterdorf tumanida keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazilgan.

 

Voqea joyiga tez yordam mashinasi yetib kelgan.

 

Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, otishma Iegova Guvohlari markazida sodir bo‘lgan.

 

Gamburg politsiyasi Twitter‘dagi sahifasida jinoyat motivi nomaʼlumligini maʼlum qildi. Shu munosabat bilan politsiya vakillari ijtimoiy tarmoqlarda voqea haqida yolg‘on maʼlumot tarqatmaslikka chaqirdi.

 

Politsiya, shuningdek, hujumda gumonlanuvchining o‘lik holda topilgani haqida xabar berdi.

 

Mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida NINAwarn federal ilovasi orqali mahalliy aholiga ogohlantirish berildi. Unda aytilishicha, bir yoki bir necha kishi cherkovdagi odamlarga qarata o‘q uzgan. Aholiga uylarini tark etmaslik tavsiya qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика