Germaniyaning Magdeburg shahrida mashina olomon ustiga haydadi. Natijada 11 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi yaralandi.
Haydovchi qo‘lga olingan. Welt nashriga ko‘ra, qo‘lga olingan erkak 1974 yilda Saudiya Arabistonida tug‘ilgan. U avtomashinani ijaraga olib, Rojdestvo yarmarkasi tomon yo‘l olgan.
Politsiya uning sheriklari bor yo yo‘qligini tekshirmoqda.


