1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada zamonaviy ko‘mir elektr stansiyasi yo‘q qilindi

3 milliard yevroga qurilgan elektr stansiyasi portlatildi.

Germaniyada zamonaviy ko‘mir elektr stansiyasi yo‘q qilindi

 

Germaniyaning Hamburg shahrida joylashgan Moorburg elektr stansiyasi portlatib yo‘q qilindi. Ushbu zamonaviy ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan energiya inshooti 3 milliard yevro evaziga qurilgan bo‘lib, 1654 MVt quvvatga ega edi. Bu quvvat butun Hamburg shahrini energiya bilan ta’minlashga yetarli edi.

 

Elektr stansiyasi atigi 6 yil faoliyat yuritgan, biroq Germaniyaning ekologik siyosati doirasida u yopishga qaror qilindi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, mamlakat atmosfera ifloslanishini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish maqsadida bunday inshootlarni bosqichma-bosqich yo‘q qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика