1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gibrid avtomobillarga alohida davlat raqami beriladi

Bu bo‘yicha ayrim qarorlarga o‘zgartirish kiritildi.

Gibrid avtomobillarga alohida davlat raqami beriladi

 

25 mart kuni Hukumat qarori bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida xabar berildi.

 

Unga ko‘ra, elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi.

 

Yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

YHXDX organlarida ro‘yxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика