Toshkent shahrida bir necha manzilda joylashgan giyohvandlik moddalari laboratoriyasidan foydalanib, sintetik giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan erkak qo‘lga olindi.
IIV va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatida joylashgan xonadondan sintetik giyohvandlik vositalari, turli konteynerlar, qo‘lqoplar, tarozi va gazga qarshi niqoblar aniqlangan. Tadbirda umumiy narxi taxminan 1 million dollarga teng 14 kilogramm 795 gramm sintetik giyohvandlik vositasi aniqlangan.
Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash va tarqatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan, tergov davom etmoqda.


