O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 20,16 so‘mga ko'tarilib, 12 ming 062,04 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 20,16 so‘mga kamayib, 12 ming 062,04 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 13 ming 207,93 so‘mga baholanib, 11,65 so‘mga arzonlashgan.
Shuningdek, 1 rubl 119 so‘m etib belgilanib, 3,37 so‘mga arzonlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 15-avgust, seshanba kunidan kuchga kiradi.


