Jahon Banki global iqtisodiyot o‘zishi prognozlarini pasaytirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Unga ko‘ra, dunyo iqtisodiyoti Ukrainadagi harbiy mojaro sabab 3.2 foizga o‘sadi (avvalgi prognoz 4.1 foiz). Bank prezidenti Devid Malpassning taʼkidlashicha, bu Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishi sekinlashishi bilan bog‘liq.
Bundan avval Jahon Banki urush tufayli Ukraina iqtisodiyoti 45 foizga qisqarishini taxmin qilgandi.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, harbiy mojaro Sharqiy Yevropaga pandemiyadan ham kuchliroq zarba beradi.
Jahon banki hozirning o‘zida Kiyevga 1 milliard dollar ajratgan. Yaqin oylar ichida esa qo‘shimchcha 2 milliard dollar berishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Osiyo taraqqiyot bankining iqtisodiy prognozlari eʼlon qilingandi.


