Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytidagi materiallarga ko‘ra, Google‘ning bosh kompaniyasi Alphabet hammuassisi va eng yirik aksiyadori Sergey Brin kompaniyaning 127 million dollarlik 1,07 million aksiyasini xayriya qilgani maʼlum bo‘ldi.
Aksiyalarning kimga o‘tkazilgani sir bo‘lib qolmoqda. Milliarder ularni ikkita xayriya jamg‘armasiga — Sergey Brin Family Foundation va Michael J. Fox Foundation‘ga hadya qilgan. Bu haqda Forbes xabar qilgan.
Brin Google kompaniyasining 739 million aksiyasiga egalik qiladi. U, odatda, yiliga bir yoki ikki marta xayriya uchun mablag‘ sarflaydi.


