1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Google jarimaga tortildi

U o‘z majburiyatlarini bajarmagan.

Google jarimaga tortildi

Google kompaniyasi 2022 yilning iyun oyida o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun Fransiyaning monopoliyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan 250 million yevro jarimaga tortildi.

 

Gap turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilmaslik haqida bormoqda. Ushbu chora Fransiyada 2019 yilda qabul qilingan. Qonunga ko‘ra, internet-kompaniyalar nashriyotlar va OAVga o‘z kontentidan foydalanganlik uchun tovon to‘lashi shart.

 

2020 yilda fransuz regulyatori Googleʼga birinchi marta muayyan harakatlarni taqiqlash ko‘rinishida cheklovlar kiritdi, chunki u kompaniya belgilangan shartlarga rioya qilmagan deb hisobladi. 2021 yilda Amerika korporatsiyasi monopoliyaga qarshi xizmatdan 500 million yevro jarima oldi.

 

Ikki yil oldin Fransiya Googleʼga qarshi barcha sud jarayonlarini to‘xtatdi, chunki u kompaniyaning ishlarni to‘xtatish uchun olgan majburiyatlarini yetarli deb hisobladi.

 

Biroq Google 2022 yil iyun oyida o‘z zimmasiga olgan yettita majburiyatdan to‘rttasini bajarmagan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика