1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gretsiya qirg‘oqlarida muhojirlar jasadi topildi

Mamlakat qo‘riqlash xizmati 18 migrantni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Gretsiya qirg‘oqlarida muhojirlar jasadi topildi

Gretsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kecha Lesbos oroli yaqinida 18 muhojirni qutqarib qoldi. Shuningdek, hududdan ikki kishi, jumladan bir ayol va bir erkakning jasadi topilgan.

 

Migrantlarning orolga Egey dengizidagi kuchli shamollar payti qayiqda yetib kelgani taxmin qilinmoqda.

 

Muhojirlarning so‘zlariga ko‘ra, bortda jami hisobda 36 ga yaqin odam bo‘lgan. Shu bois, sohil qo‘riqchilari va politsiya xodimlari qirg‘oqda qidiruv ishlarini davom ettirgan. Ammo mutasaddilar hozircha hech kim topilmaganini taʼkidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика