1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gretsiyada bir sutkada 45 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi

2021-yilda ham Gretsiyada misli ko‘rilmagan yong‘inlar minglab gektar o‘rmonlarni vayron qilgandi.

Gretsiyada bir sutkada 45 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi

 

Oxirgi 24 soat ichida Gretsiyada jazirama va kuchli shamol tufayli 46 ta o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi, deya xabar berdi Anadolu.

 

Gretsiya yong‘in xizmati bayonotida aytilishicha, yaqin kunlarda mamlakatning ko‘plab hududlarida «o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori».

 

Bayonotda, poytaxt Afinani ham o‘z ichiga olgan Attika mintaqasidagi meteorologik sharoitning o‘rmon yong‘inlari xavfini oshirgani bildirildi.

 

Mamlakatda jaziramaning eng yuqori cho‘qqisi 20 iyul kuni kutiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Gretsiyada misli ko‘rilmagan yong‘inlar minglab gektar o‘rmonlarni vayron qilgan edi. 2021 yilda o‘rmon yong‘inlari paytida eʼlon qilingan EFFIS hisobotiga ko‘ra, Gretsiyada davom etgan yong‘inlar barcha yerlarning 90 foizini vayron qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика