1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Gruziyada Ichki ishlar vazirligi koronavirusga qarshi emlashni ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi kiberhujum yuzasidan tergov boshladi

Xitoyning “Sinofarm” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish bugun tongda boshlanishi kerak edi, ammo bu amalga oshmadi. Ertalab Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus platformasi o‘chirilgan.

Gruziyada Ichki ishlar vazirligi koronavirusga qarshi emlashni ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi kiberhujum yuzasidan tergov boshladi

Biroz vaqt o‘tgach, vazirlik bu kechikish katta kiberhujum bilan bog‘liqligini aytdi. Gruziya Sog‘liqni saqlash vazirligi yaqin kelajakda muammoni bartaraf etishga vaʼda bermoqda.

O‘z navbatida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan kompyuter maʼlumotlari va kompyuter tizimlaridan noqonuniy foydalanish, shuningdek kompyuter maʼlumotlariga va kompyuter tizimiga tajovuz qilish  moddalari bilan ish ochildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiyada xakerlar yirik supermarketlar tarmog‘ining ishini to‘sib qo‘yishgan edi. 800 do‘konda xizmat to‘xtatildi, xakerlar kassalarga kirish huquqini qo‘lga kiritishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика