Gruziya poytaxtida parlament saylovlari natijalariga qarshi yangi norozilik namoyishlari boshlandi.
Namoyishchilar Tbilisining “Qahramonlar” maydonini to‘sib qo‘yishdi, bu hududda politsiyachilar ham yig‘ilgan. Namoyishchilar parlament saylovlari soxtalashtirishlarsiz, qaytadan o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Bundan tashqari, Gruziyaning Batumi shahrida ham norozilik namoyishi boshlandi. Odamlar Konstitutsiyaviy sud idorasi oldida to‘planishdi.


