1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gulnora Karimovaga qarashli bo‘lgan “Sijjak” dam olish maskani xususiylashtirilmaydigan bo‘ldi

Hozir oromgoh 124-maktab internati balansida bo‘lib, uning faoliyat turini o‘zgartirish va sotish taqiqlangan.

Gulnora Karimovaga qarashli bo‘lgan “Sijjak” dam olish maskani xususiylashtirilmaydigan bo‘ldi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyundagi "Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yana-da takomillashtirishga doir" qarori bilan xususiylashtirish rejalashtirilayotgan obyektlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

 

O‘zgartirishlarga ko‘ra,  “Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari 2021 yildan boshlab xususiylashtirishga harakat qilinayotgan davlat mulklari ro‘yxatidan chiqarilgan. Hozir “Sijjak” 124-maktab internati balansida bo‘lib, uning faoliyat turini o‘zgartirish va sotish taqiqlangan, “Chotqol” esa Kasaba uyushmalari federatsiyasi balansiga o‘tkazilgan.

 

Ilgari bu dam olish maskani O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan va sud tomonidan davlat hisobiga o‘tkazilgan. Prezidentning 2018 yil 16 martdagi qarori bilan obyekt sport tashkilotlari ixtiyoriga o‘tkazilishi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.

Davlat rahbarining 2019 yil dekabr oyidagi futbolni rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarish to‘g‘risidagi qarori bilan yuqoridagi hujjatning ushbu bandi o‘z kuchini yo‘qotdi va terma jamoalar uchun o‘quv-tayyorlov markazi Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani, Yangibozor qishlog‘i hududida tashkil etilishi belgilandi.

2019 yil iyul oyida “Sijjak”ni O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga bepul foydalanishga topshirish rejalashtirayotgani maʼlum bo‘ldi. Ammo 2020 yil iyun oyida aktivni xususiylashtirishga qaror qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика