Gulnora Karimovaning qizi Imonа Karimova Instagram sahifasida arab millatiga mansub yigit bilan uchrashayotgani haqida maʼlum qilgan edi. U ilk marta sevgan insonining suratini sahifa obunachilariga ko‘rsatdi.
Imon Karimova surat ostiga “Men yoqimtoy yigitni uchratdim”, - deya izoh qoldirgan.
Maʼlumot uchun: Gulnora Karimovaning o‘g‘li, Imona Karimovaning akasi Islom Karimov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida o‘g‘il farzandini rasmini eʼlon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Karimov oilasi 22 million dollarga Moskvadagi eng qimmat pentxauslardan birini sotib olgani hamda “The Guardian” nashri Gulnora Karimovaga berilgan 220 million dollar haqida maqola chop etgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


