JSST rahbari gumanitar yordamning birinchi partiyasi Gʻazoga 20-oktabrda yetkazilishini aytdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus 20-oktabr, juma kuni Misrdagi "Rafah" nazorat-o‘tkazish punkti orqali insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi Gʻazo sektoriga yetkazilishini istisno qilmadi.
“Bizning yuk mashinalarimiz yuklangan va harakatga tayyor. Biz Misr va Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatlari bilan "Rafah" o‘tish joyi ochilishi bilanoq, yordamimizni Gʻazoga yetkazish ustida ishlayapmiz”, — dedi Adxanom.


