1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

“Gunafsha”ning qanday kasalga chalingani maʼlum bo‘ldi

"Mehrli qo‘llar" imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari Raʼno Shodiyeva ayni damda Turkiyada.

“Gunafsha”ning qanday kasalga chalingani maʼlum bo‘ldi

 

Aktrisa Raʼno Shodiyeva Instagramda jonli efir vaqtida nima sababdan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini maʼlum qildi.

 

"Jigarimning 60 foizi olib tashlandi va sog‘lom qismini qoldirishdi. Jigar bu – o‘sadigan narsa. Uning olib tashlangan qismi Xudo xohlasa 1 yil ichida o‘sib joyiga tushadi.

 

Amaliyot oson bo‘lmadi, juda qiyin, mashaqqatli bo‘ldi. Jigarning organizm ishida 300 ta funksiyasi bor, jigarda qon tomirlari ko‘p. Ularning hammasini joy-joyiga qo‘yib tikish kerak bo‘ldi. 5 oydan beri Turkiyadaman. Hozir muolaja olyapman, kimyoviy davolanishdaman", dedi Raʼno Shodiyeva.

 

Maʼlumot uchun: aktrisa 29 yanvar kuni 11 soatlik og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani haqida maʼlum qilgan va Yaratgan unga ikkinchi hayot berganini aytgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика