1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

Sinoptiklar 9–11 kunlari shamol kuchayishi va yo‘llarda tuman kuzatilishi mumkinligi sababli ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

 

 

O‘zbekistonda hafta boshida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. 9–11 fevral kunlari respublikaning ko‘plab viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 9–11 fevral kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 3–10 daraja iliq, kunduzlari esa 8–17 daraja iliq bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmoqda. Harorat kechalari 5 darajagacha sovuq, kunduzlari esa 10 darajagacha iliq bo‘ladi. 11 fevralga kelib havo biroz sovib, kunduzgi harorat 3 darajagacha pasayadi.

 

Farg‘ona vodiysida 10–11 fevral kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 2–7 daraja iliq, kunduzlari 8–13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 10–17 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

 

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari 13 darajagacha sovuq, kunduzlari esa 3 darajagacha iliq bo‘ladi.

 

Sinoptiklar hafta boshida shamol kuchayishi va yo‘llarda tuman kuzatilishi mumkinligi sababli ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика