1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston aholisini havo harorati 34-39 daraja issiq atrofida bo‘lgan iliq va quruq ob-havo quvontiradi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda

 

 

8 sentyabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, antitsiklon Volgabo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9-10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.

 

Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 sentyabr, chorshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida harorat 32-37 daraja issiq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy viloyatlarda harorat 25-30 daraja issiqqacha pasayadi.

 

9-10 sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. Juma kuniga kelib, havo harorati kechalari va erta tongda 12-17 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 23-28 daraja issiqqacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga pastdir.

 

8-10 sentyabrda havo massasining o‘zgarishi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi. 6-7 sentyabrda respublikaning shimoliy va cho‘l hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика