1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Haftasiga 55 soat va undan ko’p ishlash o’lim xavfini oshiradi

2016-yilda me’yordan ortiq ish vaqti 745 ming kishining o’limiga sabab bo’lgan.

Haftasiga 55 soat va undan ko’p ishlash o’lim xavfini oshiradi

 

JSST va Xalqaro Mehnat tashkiloti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 2016 yilda uzoq vaqt ishlash tufayli 745 ming kishi halok bo‘lgan, bu 2000 yilga nisbatan 29 foizga ko‘p.

 

Ish bilan bog‘liq kasalliklar erkaklarda eng ko‘p uchraydi, bu holatdagi o‘limning 72 foizi erkaklar orasida. O’limlarning aksariyati 45 yoshidan 74 yoshigacha haftasiga 55 soat yoki undan ko‘p ishlagan odamlar orasida sodir bo‘lgan.

 

Bu bo‘yicha 1-o‘rindagi Janubi-Sharqiy Osiyoda uzoq ish soatlari tufayli 300,000dan ortiq o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi 200,000dan ko‘p ko‘rsatkich bilan 2-o‘rinni egallagan.

 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, uzoq vaqt ishlaydigan xodimlar soni ortib bormoqda, bu esa ish bilan bog‘liq kasalliklar va o‘lim xavfini oshiradi.

 

Javohirbek Tursunov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика