2024 yil 23 may kuni “Haj-2024” dasturi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent - Madina yo‘nalishidagi birinchi aviaqatnovi Toshkent vaqti bilan soat 1:40 da jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi va 15 130 nafar yo‘lovchi tashuvi amalga oshiriladi.




Uzbekistan Airways O‘zbekiston Musulmonlari idorasining “Haj-2024” dasturi bo‘yicha rasmiy hamkori hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekistonda Haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanishi xabar qilingandi. Respublikadan Saudiya Arabistoniga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.



Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Barcha parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.




