1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Hali ham statistikani oshkor qilishdan qo‘rqamiz” — Saida Mirziyoyeva zo‘ravonlikka qarshi samarali tizim zarurligini aytdi

Prezident administratsiyasi rahbari ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda keskin fikr bildirdi.

“Hali ham statistikani oshkor qilishdan qo‘rqamiz” — Saida Mirziyoyeva zo‘ravonlikka qarshi samarali tizim zarurligini aytdi

 


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, shuningdek, erta homiladorlik sabablari va ularning oldini olish masalalarini muhokama qildi. U Markaziy Osiyoda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan birinchi davlat aynan O‘zbekiston ekanini, bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilganini qayd etdi.


Shu bilan birga, Saida Mirziyoyeva bu choralar yetarli emasligini ta’kidlab, zo‘ravonlik holatlariga tezkor va samarali javob beradigan tizimni ishlab chiqish zarurligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab holatlarda real vaziyat yashiriladi, jamiyat esa statistikani oshkor qilishdan, tanqid va obro‘ga putur yetishidan qo‘rqib kelmoqda.


“Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash quruq gapda emas, amalda namoyon bo‘lishi kerak. Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva. U barcha mas’ul rahbarlarni muhokamalardan aniq xulosa chiqarib, ayollar va bolalarning huquq hamda manfaatlarini real himoya qilishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика