Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:
— Joriy yilda 185 ming ishsizni doimiy ish o‘rinlariga, 192 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladi;
— migratsiya sohasida 50 ming nafar xorijga ketmoqchi bo‘lgan fuqaro kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitiladi;
— 21 ming nafar fuqaroga xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikatlarini olish, yo‘l chiptasini xarid qilish, rivojlangan davlatlargi ishchi vizasini olish uchun subsidiya ajratiladi;
— 12 ming nogironligi bor shaxsning bandligiga ko‘maklashiladi. Nogironligi bor shasxlarni ishga olgan korxonalar uchun 25 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.


