1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Harbiy xizmatchilar davlat mukofotiga taqdim etilganida attestatsiyadan o‘tkaziladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori imzolandi.

Harbiy xizmatchilar davlat mukofotiga taqdim etilganida attestatsiyadan o‘tkaziladi

 

Prezident “Qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani munosabati bilan fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

 

Unga ko‘ra, harbiy xizmat muddatini hisoblashning imtiyozli holatlariga aniqlik kiritilmoqda. Harbiy xizmatchilar uchun quyidagi davrlarning bir kuni imtiyozli ravishda harbiy xizmatning uch kuniga teng hisoblanadi:

 

  • jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya o‘tkazishda yoki favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davri;

 

  • yuqoridagi vaziyatlarda bevosita ishtirok etish natijasida shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) va kasallanish sababli davolash muassasalarida uzluksiz bo‘lgan davri;

 

  • qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va keyinchalik reabilitatsiya etilganlarga - ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan davri.

 

Harbiy xizmatchilarning transportdan bepul foydalanishi tartibiga aniqlik kiritilmoqda Harbiy xizmatchilar harbiy tashish hujjatlari orqali quyidagi transport vositalaridan foydalanish huquqiga ega:

 

havo yo‘llari transportida: 

 

  • "biznes klass"da - vazirliklarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari; 

 

  • "ekonom klass"da — boshqa harbiy xizmatchilar;

 

temiryo‘l transportida: 

 

  • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning "VIP klass" (“lyuks”), tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida - vazirliklarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari; 

 

  • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning "biznes klass", tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida - generallar va polkovniklar; 

 

  • yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning "ekonom klass", tezkor toifadagi poyezdlarning "biznes klass", tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “kupe” vagonlarida - “podpolkovnik” va undan quyi harbiy unvondagi ofitserlar, oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha xizmat qiluvchilar;

 

  • avtomobil transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) - shaharlararo va viloyatlararo yo‘nalishlarda muntazam qatnovchi avtobuslarda barcha toifadagi harbiy xizmatchilar;

 

  • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning "ekonom klass", tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning umumiy yoki plaskart vagonlarida - boshqa harbiy xizmatchilar.

 

Oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli xizmat harbiy xizmatchilari, shuningdek, oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qo‘shimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.

 

Oliy harbiy taʼlim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlariga ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda ularga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:

 

  • fan nomzodlari, falsafa doktorlariga (PhD) - “kapitan”;

 

  • fan doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi, falsafa doktorlariga (PhD) - “mayor”;

 

  • professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan doktorlariga (DSc) - “podpolkovnik”.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика