1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Havoga sochilgan hayot — Mikroklimat bir kunda qancha isteʼmol suvini sarflashini bilasizmi?

Respublikamiz bo‘yicha suv bilan taʼminlanganlik ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan hudud Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Bu kabi holatlardan Toshkent shahri va viloyati ham mustasno emas. Shunday bo‘lsa-da, poytaxt va viloyatlardagi choyxona, kafe va ayrim xonadonlarda “mikroklimat” deb ataladigan, ichimlik suvini purkab, havoni salqinlashtiradigan qurilmalarning haddan tashqari ko‘p o‘rnatilganligidir.

Havoga sochilgan hayot — Mikroklimat bir kunda qancha isteʼmol suvini sarflashini bilasizmi?

 

 

Soha xodimlari va mazkur qurilmaga ega 10 dan ziyod tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazgan surishtiruvimiz natijasi shuni ko‘rsatadiki, qurilma 1 soatda (10 dona 4 tomonga purkaydigan tarqatuvchi tirsak bilan) o‘rtacha 50 – 55 litr, yana shunday 10 dona bir tomonlama tirsak bilan esa, yuqoridagi hajmdan 15 – 20 litr suvni tejashi maʼlum bo‘ldi. Bu qurilmalar qanday suvga ishlashiga ham qiziqdik. Aniq bo‘lishicha, Mikroklimatga toza ichimlik suvi quyilarkan. Nega bunday qilishlari, ichishga yaroqsiz, sho‘r suvlardan foydalansa ham, bo‘lishini aytganimizda, suv sachragan payti turli hidlar tarqalmasligi uchun toza suvdan foydalanishlarini vaj qilib ko‘rsatishdi.

 

 

Tushunarliroq bo‘lishi uchun bitta tadbirkor 10 dona to‘rt tarafli va 10 dona bir tarafli tirsaklardan foydalanganligini holatini ko‘rib chiqamiz.

Issiq havo natijasida mikroklimatlarning 5 – 10 may sanasidan ishga tushirlgani (joriy yilda bu ko‘rsatkich nisbatan ertaroq boshlandi) va taxminan sentyabr oyining shu sanalariga qadar muntazam ishlashi hisobida qaraymiz.

 

Surishtiruvlarimizda maʼlum bo‘lishicha, qurilma kunning tush va oqshomdan keyingi pallasida foydalanib kelinadi. Yaʼni soat 12 dan 16 gacha, kechki payt esa, 2.5 – 3 soat mobaynida ishlatiladi. Bu o‘rtacha hisobda bir kunda 6.5 – 7 soat qurilmadan foydalanilishini ko‘rsatadi. Endi bu vaqtni jazirama yozning (o‘rtacha) 123 kuniga ko‘paytiramiz, natija yoz davomida 861 soat mikroklimat xizmatidan foydalaniladi.

 

To‘rt va bir tomonli tirsaklar hisobiga tayansak, 43 050 va ikkinchi natija, 25 830 litr suv sarf bo‘ladi yaʼni shunchaki havoga parlanib ketadi.

 

 

 

Yuqoridagi tahlilimiz birgina tadbirkor va bir mavsum uchun qilingan hisob-kitoblar edi. Bu raqamlarni butun respublikamiz bo‘yicha hisoblasak, hayolimizga kelmagan raqamlar chiqib ketishi tabiiy.

 

Shunday ekan mutasaddilarimizdan holatga jiddiyroq qarashlari va imkoni bo‘lsa, yaxshiroq texnologiyalarni joriy qilishlarini so‘raymiz...

 

Zayniddin Norquvvatov

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика