1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Haydovchilarga xat qoldirgan yigit qo‘lga olindi

U bu usulni internetdan o‘rganganini aytgan.

Haydovchilarga xat qoldirgan yigit qo‘lga olindi

 

Toshkentda mashinalarning eshigiga kodli qulf osib, haydovchilardan pul talab qilgan 29 yoshli yigit ushlandi.

 

Xolislar ishtirokida uning yonidan 2 dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Suhbat davomida u internetda shunday “pul ishlash” usulini ko‘rib, undan foydalanishga qaror qilganligini aytdi. Rejaga ko‘ra, u qulfni avtomashina eshigining ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan. Ko‘rsatilgan hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, qulf kodini yuborishi kerak bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика