1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Hayotimning barcha bosqichlarida menga tirgak bo‘lgan ota-onamdan minnatdorman”

Tashabbuskor va tadbirkor ayol – Shahnoza Abdullayeva bilan suhbat.

“Hayotimning barcha bosqichlarida menga tirgak bo‘lgan ota-onamdan minnatdorman”

 

Davlatimiz rahbarining xotin-qizlarga qaratayotgan doimiy e’tibori va ularga berilayotgan imkoniyat barcha sohalarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu islohotlar esa ayollarning kelajakka bo‘lgan ishonchini kuchaytirmoqda. Xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan, tashabbuskor va tadbirkor ayollardan biri Shahnoza Abdullayevadir.

 

Suhbatdoshimiz bir necha yildan buyon Toshkent shahridagi “Shox Med Center” MCHJni boshqarib keladi. Tajribali rahbarning sa’y-harakatlari bilan hozirgi kunda klinikada 160 dan ortiq xodim doimiy ish bilan ta’minlagan.

 

—  Shahnoza, kuni kecha, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandingiz. Avvalo, yutuq muborak bo‘lsin! Taassurotlar qanday? 

 

— Rahmat. Albatta, bunday mukofotga munosib ko‘rilganimdan behad mamnunman.  Bu men uchun davlatimiz tomonidan bayramga bayramona tuhfa bo‘ldi. Ushbu mukofot yelkamga ulkan mas’uliyat ham yukladi. Bu ishonchni oqlashga, yanada ulkan marralarni zabt etib, xalqimiz salomatligi yo‘lida bajonidil xizmat qilishga harakat qilamiz.  

 

— Ayol uchun ham oila, ham rahbarlik oson emas. Siz buni qanday uddalayapsiz?  

 

— Albatta, ayol bo‘lganim uchun oila va ish o‘rtasidagi tenglikni olib borish ancha mushkul. Chunki 3 ta farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish, uy-ro‘zg‘or va boshqa vazifalar barchasi mening gardanimda. Lekin turmush o‘rtog‘imning doim oldimda bo‘lganlari va qo‘llab-quvvatlashlari menga yordam beradi. Ular nafaqat uyda, farzand tarbiyasida, balki klinika ishlarini olib borishda ham doimo yonimda kamarbastalar. 

 

— Bu darajaga yetishishda qanday chig‘iriqlardan o‘tgansiz,  oson emasligi ma’lum?

 

— Klinikani 2008-yil ochganmiz. Hech narsa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. 14 yil ichida boshimizdan juda ko‘p qiyinchiliklar, og‘ir kunlarni o‘tkazdik. Uning nufuzini yurtimiz bo‘ylab yuksaltirish oson bo‘lmadi. Lekin shunga qaramay, barcha muammolarni sabr-toqat bilan, o‘ylab- fikrlab yechimiga kelganmiz. 

 

Bunday darajaga erishganimning sababi, albatta, ota-onamdir. Otam — ustozim. Hayotimning barcha bosqichlarida menga tirgak bo‘lganlar, har doim  qo‘llab-quvvatlaganlar va bunday mukofotlarga erishishimda hissalari katta.

 

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha latofatli va go‘zal xotin-qizlarni bugungi ayyom bilan chin dildan qutlayman. Ularga har doim o‘qib, ishlab, rivojlanishni va katta yutuqlarga erishishni tilab qolaman. 

 

Munojat Valiyeva suhbatlashdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика