1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Hayvonlar orqali tahdidga qachon barham beriladi?

Samarqand viloyati IIB tomonidan jinoiy guruh ushlandi.

Hayvonlar orqali tahdidga qachon barham beriladi?

 

Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan fuqaroning qo‘ylarini bo‘g‘izlab, talon-toroj qilgan holda tahdidli xat qoldirib ketgan jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olindi.

 

Qayd etilishicha, 2023 yil 23 aprel kuni Samarqand tumani IIBga Samarqand tumani “Badal” MFYda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan B.F. ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 21 aprel kunidan 22 aprel kuniga o‘tar kechasi tumanning “Badal” mahallasi hududida joylashgan o‘ziga  tegishli dehqon xo‘jaligi yer maydonidagi qo‘yxonasiga nomaʼlum shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda kirib, qo‘yxonadagi 12 bosh qo‘ylaridan 6 donasini so‘yib, 3 donasini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini bildirib, ushbu nomaʼlum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

 

Mazkur holat yuzasidan 23.04.2023 yilda Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

 

Tezkor-qidiruv natijasida uch kishi qo‘lga olingan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilib, jinoiy guruh tashkilotchisini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика