1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Hindiston iqtisodiyoti dunyoda ikkinchi o'ringa chiqishi kutilmoqda

Mutaxassislar buning bir qator sabablarini sanab o‘tishgan

Hindiston iqtisodiyoti dunyoda ikkinchi o'ringa chiqishi kutilmoqda

 

Amerikaning Goldman Sachs investitsiya banki prognozlariga ko‘ra, 2075-yilga borib Hindiston iqtisodiyoti nafaqat Yaponiya va Germaniyani, balki AQSHni ham ortda qoldirib, dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqadi va o‘sish surʼati yaqinda kuzatilgan Xitoyga yaqinlashadi. Hozir bu davlat iqtisodiyoti AQSH, Xitoy, Germaniya va Yaponiyadan keyin dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.

 

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab yetakchi korporatsiyalari o‘z ishlab chiqarishlarini Xitoydan Hindistonga ko‘chirishni boshlagan, bu esa o‘z navbatida Hindiston sanoatini, jumladan, yuqori texnologiyalarni sezilarli darajada rag‘batlantiradi.

 

Goldman Sachs (GS) tahlilchilarining fikricha, fikricha, 52 yildan keyin yillik iqtisodiyot hajmi:

 

  • Xitoy 57 trillion dollarga etadi;

  • Hindiston - 52,5 trillion dollar;

  • AQSH - 51,5 trillion dollar;

  • Yevropa ittifoqi - 30,3 trillion dollar;

  • Yaponiya — 7,5 trillion dollarni tashkil etadi.

 

Prognozda keltirilishicha, Hindistonning xorijiy sarmoyalarni, jumladan, jahonning yetakchi texnologik korporatsiyalarini jalb etishdagi muvaffaqiyati yaqinda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, iyun oyi boshida Google kompaniyasi yetkazib beruvchilar bilan Pixel smartfonlari ishlab chiqarishining bir qismini Xitoydan Hindistonga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani maʼlum bo‘ldi. Endi ko‘plab boshqa texnologiya kompaniyalari buni allaqachon amalga oshirgan yoki qilishni rejalashtirmoqda.

 

Bundan tashqari, iqtisodiyotning sekinlashishi, Xitoydagi maʼmuriy to‘siqlar, ayniqsa Covid-19 pandemiyasi va jiddiy blokirovkalar, shuningdek, ortib borayotgan geosiyosiy taranglik tobora ko‘proq texnologik kompaniyalarni Xitoydan o‘z ishlab chiqarishlarini olib chiqishga shoshilishlariga olib keldi. Ular orasida Apple, Samsung, Microsoft, Amazon va boshqa ko‘plab kompaniyalarning yetkazib beruvchilari bor.

 

Umuman olganda 2022 yil oxirida Hindistondan Apple smartfonlari eksporti 2,5 milliard dollarga yetdi, bu bir yil avvalgidan ikki baravar ko‘pdir.

 

Prognozlarga ko‘ra, keyingi 20 yil ichida Hindistonning qaramlik darajasi mintaqaviy iqtisodlar orasida eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘ladi. Shu sababli Hindiston ushbu imkoniyat oynasidan ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va infratuzilmani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика