Hindiston dunyodagi qandli diabet bilan kasallanganlar soni eng ko‘p bo‘lgan davlatga aylanishi mumkin.
Yaqinda o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, bugungi kunda aholining 11 foizi ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda. Yana 136 million hindistonlik diabetdan oldingi bosqichda. Ikkinchi turdagi diabet eng keng tarqalgandir. Kasallik aksariyat hollarda yirik shaharlarda aniqlanadi.
Shifokorlar asosiy xavf omillarini sanab o’tishdi. Bunga jismoniy harakatsiz turmush tarzi va noto'g'ri ovqatlanish kiradi. Dunyodagi diabetga chalinganlarning deyarli 17 foizini Hindistonda qayd etilgan. 2017-yildan 2021-yilgacha bo'lgan davrda deyarli 145 ming kishi undan vafot etdi.


