1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindiston va Yaponiyada ham maymunchechak kasalligi qayd etildi

Hindistonda 31, Yaponiyada 30 yoshli fuqaroda aniqlangan.

Hindiston va Yaponiyada ham maymunchechak kasalligi qayd etildi

 

Nyu-Dehli hukumati Hindiston poytaxtida maymun chechagi bilan kasallangan birinchi bemor aniqlandi. Bu haqda Dehli milliy poytaxt okrugi bosh vaziri maʼlum qildi.

 

«G‘arbiy Dehlining 31 yoshli fuqarosi uch kun oldin simptomlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, uning namunalari shanba kuni Milliy virusologiya institutiga yuborilgan va yakshanba kuni tashxis tasdiqlangan. Hindiston shifoxonalaridan birida (Nayak Jai Prakash Narayan Hospital) ushbu kasallikni davolash uchun maxsus izolyatsiya bo‘limi tashkil etilgan», — deyiladi vak telegram-kanalida.

 

Maymun chechagi Yaponiya poytaxtida ham qayd etildi. Kyodo agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, infeksiya Yevropadan qaytgan 30 yoshli erkakda aniqlangan.

 

Tokio maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, bemor 15 iyul kuni o‘zini yomon his qilgan. Isitma, toshma, bosh og‘rig‘i. Hozir bemor shifoxonada.

 

Eslatib o‘tamiz, 23 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagining tarqalishini global favqulodda holat deb eʼlon qilgan edi.

 

Tashkilot maʼlumotlariga ko‘ra, 75 mamlakatda 16 mingdan ortiq odam ushbu kasallikka chalingan va 5 kishi vafot etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика