1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda 35 kishi Ukrainadagi urushga yollandi

Hozirda ularni urushga jo‘natgan 4 nafar shaxs ushlangan.

Hindistonda 35 kishi Ukrainadagi urushga yollandi

Yollanganlarga yuqori maosh va Rossiya fuqaroligi vaʼda qilingan. Shuningdek, ularga jang qilish shart emasligi aytilgan. Biroq aslida ular pulemyotlardan foydalanishga o‘rgatilgan va frontga yuborilgan.

 

Hind huquq-tartibot idoralari vakillarining maʼlum qilishicha, qo‘lga olinganlar xalqaro odam savdosi tarmog‘ining bir qismidir. Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Reuters agentligining yozishicha, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga bu masalani hal qilish bo‘yicha qatʼiy talab qo‘ygan. Avvalroq Hindiston TIV Rossiya armiyasi safida bo‘lgan 20 ga yaqin hindistonliklarni o‘z vatanlariga qaytarish ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика