Hindistonda yo‘lovchi avtobusi tog‘ yo‘lidan chiqib, chuqur daraga qulab tushdi. Hodisa oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi, ularning aksariyati og‘ir ahvolda.
Avtobus Kishtvardan Jammuga ketayotgan edi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga birinchi bo‘lib mahalliy aholi yetib kelgan va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan. Hodisa sabablari hozircha nomaʼlum. Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vazir Narendra Modi halokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi.


