1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda “o‘lgan” erkak qayta tirildi

U dafn marosimidan bir necha soat oldin hushiga kelgan.

Hindistonda “o‘lgan” erkak qayta tirildi

67 yoshli bemor 13 yanvar, dushanba kuni kechasi xususiy klinikaga shoshilinch yotqizilgandi. Ertalab shifokorlar bemorning qarindoshlariga unga hech qanday yordam bera olmaganliklarini va uning vafot etgani haqida xabar berishgan.

 

Erkakning dafn marosimi tug‘ilgan shahri Kannurda boshlandi. Kechqurun u mahalliy o‘likxonaga olib ketildi va biroz vaqt o‘tgach, elektrchi va muassasa maʼmuri Pavitranning qo‘lida yengil harakatni payqab, uni kasalxonaga olib borishgan. U yerda bemorning ahvoli barqarorlashib, biroz vaqtdan keyin hushiga kelgan va ko‘zlarini ochgan.

 

“Men hali ham butun oilamiz kabi bunga ishonolmayman. Mangalurudagi xususiy shifoxonadagi shifokorlar allaqachon uning o‘limi to‘g‘risida guvohnoma tayyorlashni aytishgan edi”, dedi uning rafiqasi.

 

Xabarlarga ko‘ra, Pavitran nafas olishda muammoga duch kelgan. Bundan tashqari u insultni boshdan kechirgan, shuning uchun u qisman shol holatida bo‘lgan.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика