
Halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolganlar yo‘q. Barcha jabrlanganlar tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Voqea joyida politsiya va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.
Bundan avval Mumbayda bir necha bino qulagan, 15 kishi halok bo‘lgan edi. Bunga kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ro‘y bergan ko‘chki va suv toshqini sabab bo‘lgan. Shuningdek, yashin urib 9 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Avvalroq, Hindistonda tosh ko‘chishi oqibatida o‘nga yaqin inson halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva


