1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda qurilish krani odamlar ustiga quladi

O‘nlab odamlar halok bo‘lgan, vayronalar ostida yana ishchilar borligi aytilmoqda.

Hindistonda qurilish krani odamlar ustiga quladi

 

Hindistonda bir guruh ishchilar ustiga minora krani qulab tushdi. Hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi jarohat oldi.

 

Hodisa Maxarashtra shtatida yuz berdi. Voqea ishchilar ko‘prikli kranni boshqarayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Bu yo‘llar, ko‘priklar qurilishida ishlatiladigan katta po‘lat jismlarni ko‘tara oladigan, yirik binolar uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladigan mashina.

 

Politsiya qulagan kran vayronalari ostida odamlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.

 

Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика